France Football jurnalistlari so'nggi yillarda eng ko'p mablag' topgan futbolchilar reytingini tuzib chiqishdi.
Birinchi o'rinni "Barselona" hujumchisi Lionel Messi egallab turibdi. Argentinalik futbolchi so'nggi yillarda 120 million funt ishlab topdi.
Ikkinchi pog'onada esa «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu turibdi. Portugaliyalik yulduz 108 million funt mablag' ishlab topdi.
Ro'yxatning uchinchi pog'onasida esa "PSJ" hujumchisi Neymar 87 million funt bilan turibdi.
Qolgan ro'yxatlar quyidagicha ko'rinish olgan:
Garet Beyl (35,45 mln),
Antuan Grizmann (35,25),
Eden Azar (32,06),
Andres Inesta (31,14),
Raxim Sterling (30,96),
Robert Levandovski (26,56)
Kilian Mbappe (24,73).