«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Real»ga qaytish haqida o'ylamoqda. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, portugaliyalik futbolchi o'zining sobiq jamoasi bilan bog'lanib, o'z rejasini ma'lum qilgan. Buning uchun esa, Ronaldu avvalo "Qirollik klubi" rahbariyati bilan munosabatlarni yana normal holatga keltirishi kerak.
Noyabr oyida «Yuventus» Ronaldu sotish imkoniyatlarni ko'rib chiqayotgani haqida ma'lumot tarqatilgan edi. Sabab — futbolchining yuqori maoshi.
Ronaldu 2009-2018 yillarda «Real» sharafini himoya qilgan. 2018 yilning 10 iyul kuni u «Yuventus» bilan 4 yillik shartnoma imzolagan edi.