«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Don Balon xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchi jamoadoshi Luka Modrichga «Manchester Yunayted»ga o'tmoqchi ekani haqida Whatsapp orqali yozgan. Avvalroq, ingliz klubi futbolchining transferi uchun 90 mln funt to'lashga rozi ekani haqida xabarlar chiqqan edi.
O'tgan mavsumda Beyl «Real» uchun Primerada 19 o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan.