Ispaniyalik futbolchining agenti "qaymoqranglilar"ga mijozining xohishini bildirdi. "Real" ham 28 yoshli o'yinchini qo'yib yuborishga rozilik bildirdi.
Iskoning bunday qarorga kelishida murabbiy Zidan bilan og'ir munosabatlari va o'yin amaliyoti etishmasligi sabab bo'lgan.
"Real" xavbekni 60-70 mln evroga sotishga tayyor. Iskoning shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan. Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushdi.