Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland Evropaning eng yaxshi yosh futbolchisi uchun beriladigan Golden Boy-2020 sovrinini qo'lga kiritadi, deya xabar bermoqda Italiya matbuoti.
20 yoshli norvegiyalik futbolchidan tashqari Vinisius Junior («Real»), Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund), Alfonso Devis («Bavariya») va Ansu Fati («Barselona») kabi 20 ta yosh futbolchilar davogarlik qilishmoqda.
O'tgan yili ushbu sovrinni «Atletiko» yarim himoyachisi Joau Feliks qo'lga kiritgandi.