"Real" etakchisi Krishtianu Ronaldu nihoyat jamoa qarorgohiga qaytmoqda.
Futbolchi 6 avgustdan boshlab yangi mavsum mashg'ulotlariga kirishadi, deb xabar bermoqda AS. Avvalroq, u mustaqil ravishda shug'ullana boshlagan edi.
Portugaliyalik futbolchi KK-2017 musobaqasida ishtirok etgani sabab, biroz ko'proq vaqt ta'tilda bo'ldi. U jamoaning AQSh safarida ishtirok etmadi.