Kataloniyaning "Barselona" klubi rasmiy sayti tarqatgan ma'lumotga qaraganda, Filippe Koutino jarohatidan to'liq forig' bo'ldi va La Liganing 10-tur doirasida Madridning "Atletiko" klubiga qarshi bo'ladigan o'yinda maydonga tushishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi 24 oktyabr Madridning "Real" klubiga qarshi bo'lib o'tgan bahsda sonidan jarohat olgandi va shundan so'ng "Barselona"ning to'rtta uchrashuvida maydonga tusha olmagandi.