«Real» hujumchisi Luka Yovich bugun ertalab koronavirusga topshirgan test musbat natija berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Avvalroq «Real» futbolchilari — Eden Azar, Eder Militao va Kazemiro koronavirusga chalinishgan edi.
Eslatib o'tamiz, Yovich Serbiya terma jamoasi safida Millatlar ligasi doirasida Vengriya va Rossiyaga qarshi o'yinlarda ishtirok etdi.