«Real» himoyachisi Serxio Ramos jamoasining navbatdagi 3ta uchrashuvida maydonga tushmaydi. Bu haqda "Marca" xabar tarqatdi. Futbolchi Ispaniya terma jamoasi safida jarohat olgan edi.
Shu tariqa, "Qirollik klubi" sardori La liga doirasida «Vilyarreal» va «Alaves», Chempionlar ligasi doirasida esa «Inter»ga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi. Ramos 1 dekabr kuni bo'lib o'tadigan «Shaxtyor»ga qarshi o'yinda maydonga qaytishi kutilmoqda.
Serxio joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 10ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.