"Real"da hech kim orzu qilmaydi, biz maqsadlar qo'yamiz. Bizning maqsadimiz - barchasini yutish. Men barcha bosh sovrinlarni yutishni xohlayman.
Mening qonimda dribling bor va bu mening yoshligimdan uslubimdir. Menga doim tezkor futbol yoqqan, jamoadoshlarimning uzatmalarini topishga harakat qilaman. Men "Real"ga kelganimda, tug'ma futbolimga boshqa narsalar qo'shilishini bilardim", - deydi Vinisius.
Eslatib o'tamiz, ispan klubi ECHLda eng ko'p (13) g'alaba qozongan jamoa hisoblanadi, "Real"ning eng yaqin taqibchisi "Milan" - 7 chempionlik.