Angliyaning "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Arsenal", "Chelsi" va "Tottenxem" klublari Madridning "Real" klubi sardori Serxio Ramosning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda 90min portali.
34 yoshli futbolchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida o'z yakuniga etadi va amaldagi shartnoma haligacha uzaytirilmadi. Shu sababli, Angliyaning top-klublari Ramosni tekinga qo'lga kiritish payiga tushib qolishgan.