Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Serxio Ramos qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi

«Real» himoyachisi Serxio Ramosning Ispaniya terma jamoasi safida olgan jarohati tafsilotlari ma'lum bo'ldi.

.
- Yuklab olish

«Real» himoyachisi Serxio Ramosning Ispaniya terma jamoasi safida olgan jarohati tafsilotlari ma'lum bo'ldi. 34 yoshli futbolchi Ispaniya terma jamoasining Germaniyaga qarshi o'yinida (6:0) jarohat olgan va 42-daqiqada maydonni tark etgandi.

Marca xabariga ko'ra, himoyachining o'ng oyoq soni mushaklarida yorilish yuzaga kelgan. Jarohatdan tiklanishga 2-3 hafta vaqt ketishi taxmin qilinmoqda. Ramos jamoasining La Liga doirasida «Vilyarreal» va Chempionlar Ligasida «Inter»ga qarshi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

Madridliklar Ramos Chempionlar Ligasi doirasidagi «Shaxtyor»ga qarshi o'yinga qadar tiklanishiga umid bildirmoqda. U 1 dekabrda bo'lib o'tadi. Biroq bu mushak jarohati bo'lgani sabab, barcha aytilayotgan muddatlar taxminiy, xolos.

Joriy mavsum Serxio «Real» safida La Ligada 8 o'yin o'tkazib, ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, «Real»ning markaziy himoyachilaridan ayni vaqtda faqat Rafael Varan o'ynashga tayyor. Nacho jarohatini tiklayotgan bo'lsa, Eder Militao koronavirusdan endigina forig' bo'ldi.

BestMaster
20 Noyabr 2020, 08:00
serxio, ramos, qancha, muddatga, safdan, chiqqani, malum, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads