"Marca" xabariga ko'ra, himoyachining son sohasi orqa qismi mushaklari jiddiy shikastlangan. SHu sababli u "Vilyareal" va "Inter"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
Klubdagilar uning 1 dekabr kuni "SHaxtyor"ga qarshi bo'ladigan o'yinga qadar safga qaytishiga umid qilmoqda. Biroq uning qaytishi vaqti hali ham so'roq ostida turibdi.
Ramos Germaniya termasiga qarshi o'yinda jarohat olib, 42-daqiqada zaxiraga olingandi. U ushbu mavsumda Laligada 8 o'yinda qatnashib, 2ta gol urdi.