"Barselona" prezidentiligiga nomzod Viktor Font agar u "ko'k-anorranglilar"ning prezidenti etib saylansa, "Real" himoyachisi Serxio Ramosni sotib olishga tayyormi, degan savolga javob berdi.
"Agar buni Xavi mendan so'rasa va bu moliyaviy tomondan maqsadga muvofiq bo'lsa, men Ramos bilan shartnoma imzolagan bo'lar edim", - dedi Font Cadena COPE nashriga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, Font "Manchester Siti" dan Erik Garsiyani yoki "Yuventus"dan Matiys de Ligtni "Barselona"ning markaziy himoya pozitsiyasiga olib kelishni ma'qul ko'rmoqda.
Avvalroq, Font jamoa bosh murabbiyi sifatida Xavini olib kelib niyatida ekanligini aytgandi.