"Real Madrid" "Monako" hujumchisi Kilian Mbappening 200 mln yevro narxiga qaramasdan sotib olishiga ishonmoqda, bu haqida AS nashri xabar berib o'tadi.
Xabarlarga ko'ra, "Madrid" 18 yoshli fransuz va uning otasi bilan iyun oyida uchrashuv o'tkazishgan. Shuningdek, Kilianga "Barselona" va "Manchester Siti" ham qiziqish bildirmoqda. Biroq futbolchining o'zi "qaymoqli" libos kiyishni xohlamoqda.
Shuningdek, yosh hujumchi 14 yoshida "Real"ning mashg'ulotlar bazasi bo'lmish Valdebebasga tashrif buyurgan edi va Zidan bilan uchrashgandi.
Boz ustida Mbappeni "Real"da baxtli bo'lishiga vatandoshlari Rafael Varan, Karim Benzema va Teo Ernandezlarning ham o'rni katta bo'lishi aytib o'tilmoqda.