Frantsiyaning "Renn" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga yaqin kelajakda jamoadan ketishni istisno qilmadi.
"Renn" bilan ikki yillik shartnomam bor. Klub bilan muzokaralar olib boramiz. Shu darajaga chiqishga hissa qo'shgan klub bilan tuzilgan shartnomani uzaytirish meni baxtli qiladi. Lekin, katta klublarga o'ynashni orzu qilaman. Shunga qaramay, men ulardan birini tanlay olaman", dedi futbolchi Goal.com portaliga.