Ispaniyaning "Kadis" klubi bosh murabbiyi Alvaro Cervera "Granada" bilan uchrashuvdan so'ng to'rtta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi, deb xabar bermoqda Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi sayti.
55 yoshli ispaniyalik mutaxassis hakamlarning penalti belgilamaslik qaroridan noroziligini bildirdi. Klub rahbariyati murabbiyning jazosini adolatsiz va huquqbuzarlikka nisbatan nomutanosib deb baholadi.
Eslatib o'tamiz, La Liganing debyutanti sanalgan "Kadis" klubi joriy mavsum Madriddi "Real"ni mag'lub etgandi.