Luka Yovich Serbiya termasi safida Rossiyaga qarshi bahsda (5:0) dublga erishdi. Yovich Serbiya safidagi so'nggi 3 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. 22 yoshli hujumchi “Real”da 2020 yil hisobidan 1 ta gol urgan. 9 fevralda futbolchi “Osasuna”ga qarshi bahsda gol urishga erishgandi.