"Real" klubi yarimhimoyachi Garet Beylning tez-tez jarohat olishidan xavotirga tushgan.
Uelslik futbolchi uyi yaqinida kichik maydoncha barpo qilib, do'stlari bilan har kuni futbol o'ynayotgan edi. Biroq, "Real" uning jarohat olishidan cho'chib, bunday o'yinlarda ishtirok etishni taqiqlab qo'ydi.
The Sun xabariga ko'ra, agar Beyl do'stlari bilan futbol o'ynab, jarohat olsa, "Real" uning sug'urta pulini undirolmay qoladi.
Eslatib o'tamiz, 2013 yilda "Real"ga kelganidan so'ng Beyl 20 dan ortiq turli xil jarohatlarni oldi.