Football Italia portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Madridning "Real" klubi jarohat sababli o'zining ikki markaziy himoyachisini yo'qotdi.
Gap Serxio Ramos va Rafael Varanlar haqida ketmoqda. Bu ikki himoyachi ham kecha o'z terma jamoalari ixtiyorida jarohat oldi.
Ramos va Varan "Real"ning La Ligadagi navbatdagi uchrashuvi va EChL doirasida Italiyaning "Inter" klubiga qarshi bo'ladigan bahsini o'tkazib yuboradi.
Serxio Ramosning mushaklarida jarohat borligi aniqlangandi, Varanning tashhisi esa sal keyinroq e'lon qilinadi.