Madridning "Real" klubi sardori Serxio Ramos bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Ispaniya matbuoti yozmoqda.
Ma'lumotlarga qaraganda, Ramos "qirollik klubi" bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolaydi. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq uning xizmatiga PSJ va "Manchester Siti" klublari qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.