«PSJ» hujumchisi Neymar "Real" himoyachisi Serxio Ramos parijliklar safiga o'tishiga umid qilmoqda.
Diario Sport tarqatgan xabarga ko'ra, bunday holatda braziliyalik futbolchi jamoa bilan shartnomani uzaytiradi.
«Serxio, agar sen «PSJ»ga o'tsang, men ertasiga klub bilan shartnomani uzaytiraman. Mening ortimdan Mbappe ham yangi shartnomaga imzo chekadi. Agar sen «PSJ» safiga qo'shilsang, biz kamida 2ta evrokubokni qo'lga kiritamiz», — dedi Neymar Ramosga.
34 yoshli Ramos esa "Real" bilan 2 yillik shartnoma imzolashni istamoqda. Madridliklar unga bir yillik shartnoma taklif qilishmoqda.
«PSJ» esa Ramos uchun 3 yillik shartnoma taklif qilib, bu vaqt davomida futbolchiga 50 million evro to'lashga tayyor.