"Serxio, agar sen PSJga o'tsang, men ertasi kuni shartnomamni uzaytiraman. Bu ishni ortimdan Mbappe ham qiladi. Agar sen PSJga o'tsang, biz kamida ikkita evrokubokni yutamiz", - deydi Neymar.
Neymar faoliyatining katta qismini "Barselona"da o'tkazgan va hujumda Messi va Suares bilan uchlik hosil qilgan edi.
34 yoshli Ramos esa "Real" bilan shartnomasini 2 yilga uzaytirmoqchi, Madrid klubi esa unga bir yillik bitim taklif qilmoqda.