El Mundo Deportivo nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "Liverpul" Timo Vernerni sotib olishni uddalay olmaganidan keyin bor e'tiborini "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappega qaratgan.
21 yoshli frantsiyalik hujumchi uchun asosiy nomzod Madridning "Real" klubi sanalyapti, biroq, "mersisaydliklar" Mbappeni sotib olish uchun hujumkor trio - Saloh-Firmino-Manelarning birini sotishga tayyor.
Ushbu trioning barchasini shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.