Madridning «Real» klubi himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash niyatida emasligini aytib o'tdi.
«Tanam va aqlim bardosh berar ekan, men Ispaniya terma jamoasi tarkibida o'ynashda davom etaman. Istagim bor ekan, terma jamoa o'yinlarida ishtirok etishda davom etaveraman», – dedi himoyachi Marca nashri bilan suhbatda.