Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos terma jamoa safidagi o'yinlari soni bo'yicha evropalik futbolchilar o'rtasida o'rnatgan rekord borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Buffon kabi afsonaning natijasini yangilaganim bilan faxrlanaman. Barchasini endi-endi boshlayotganingda bunday yuqori natija qayd etishing mumkinligi haqida o'ylamayapsan.
O'zimdagi ishtiyoqni his qilyapman. Terma jamoadagi faoliyatimni davom ettiraman. Hozircha organizmim bunga imkoniyat beryapti», – dedi Ramos.
Ma'lumot o'rnida. Shveytsariyaga qarshi o'yin Ramos uchun terma jamoa safidagi 177-bahs bo'ldi. Buffon esa Italiya terma jamoasi safida 176ta o'yinda maydonga tushgan. Serxio jahon rekordini takrorlashi uchun 7ta o'yin qoldi. Misrlik Ahmed Hasan hisobida 184ta uchrashuv bor.