Madridning «Real» klubi sardori Serxio Ramos qishki transfer bozorida jamoani tark etishi mumkin.
El Chiringuito de Jugones teledasturining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "Real" prezidenti Florentino Peres himoyachiga: «Agar senga yaxshi taklif tushadigan bo'lsa, u holda sening qaroringni to'g'ri qabul qilaman» - degan.
Ramos «Real» bilan shartnomasi 2021 yilning iyun oyida yakunlanadi. 34 yoshli futbolchi yana ikki yillik shartnoma imzolamoqchi, biroq, "qaymoqranglilar" Ramosning yoshi o'tib borayotganini hisobga olib, unga 2022 yilning yozigacha shartnoma taklif qilish niyatida.
Manbaning yozishicha, Peres Ramosga ikki yillik shartnoma taklif qilishga tayyor, biroq, «Real» «PSJ» taklif qilayotgan maoshni to'lash niyatida emas. Chunki, parijliklar Ramos uchun yiliga 18 million evro to'lashga tayyor.