«Real» sardori Serxio Ramos faoliyatini «PSJ»da davom ettirmaydi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.
Avvalroq parijliklar himoyachiga yillik maoshi 16,8 million evro evroga teng 3 yillik shartnoma taklif qilayotgani haqida ma'lumot tarqatilgan edi.
Manbaga ko'ra, "Pari Sen-Jermen" hozirda Ramos bilan shartnoma imzolash haqida bosh qotirmayapti. 34 yoshli futbolchining maosh borasida talabi klubga ma'qul emas.
«PSJ»ning asosiy maqsadi hujumchi Kilian Mbappe bilan shartnomani uzaytirish bo'lib turibdi. Frantsiyalik futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilning iyun oyida yakuniga etadi.