"Real" himoyachisi Serxio Ramos va klub prezidenti Florentino Peres 16 noyabr, dushanba kuni futbolchining kelajagi borasida qo'shma bayonot berishi rejalashtirilgan edi. Ammo mazkur matbuot anjumani bekor qilindi.
Mazkur tadbir nima uchun bekor qilinganining sababi aytilmadi.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli futbolchining "Qirollik klubi" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Hozircha tomonlar yangi shartnoma borasida bir to'xtamga kelisha olishmayapti. "PSJ" esa Ramosga manfaatli shartnoma taklif qilmoqda.