«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyada yuzaga kelgan muammolar tufayli Angliyaga qaytish niyati borligini ta'kidlab o'tdi.
«Angliyada men hech qanday muammolarga duch kelmagandim. Shu bois, men Angliyaga qaytishni istayman. "Manchester Yunayted"ga kelganimda, qanday ishlash kerakligi, soliq mexanizmiga qay tariqa amal qilish kerakligini menga tushuntirishgan. Ispaniyada esa keyinchalik muammo kelib chiqmasligi uchun shunchaki ko'proq soliq to'lash kerakligini aytishgan», — dedi Ronaldu.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2011-2014 yillar davomida 14,7 million evro miqdorida soliqlarni to'lamaganlikda ayblanmoqda.