Stadion.uz sayyoramizdagi eng kuchli hujum chizig'iga ega jamoalar bilan tanishtirib o'tadi. Ushbu ro'yxatda terma jamoada to'p surayotgan futbolchilar joy olgan bo'lib, ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda kuchli o'nlikdan o'rin egallashdi.
10-o'rin. Gollandiya
Asosiy tarkib: Donni van de Bek, Memfis Depay, Kvinsi Promes, Lyuk De Yong.
Zaxiradagi futbolchilari: Steven Bergveyn, Rayan Babel, Steven, Bergeys, Kelvin Stengs
Gollandiya terma jamoasi ikkita katta musobaqani o'tkazib yubordi. Bunga murabbiylarning no'noqligi sabab bo'lgani aniq. Van Besten, Gullit, Reykard, Kroyf singari ijarochilar to'p surgan gollandlar tarkibidagi Promes, Babbellar bor ekanligi bilan xursand bo'lmasligi aniq. Shunday bo'lsada, ayni damda bu hujum chizig'i Evropaning kuchli 10 tasidan bittasi.
9-o'rin. Ispaniya
Asosiy tarkib: Ispaniya: Marko Asensio, Ferran Torres, Ansu Fati, Alvaro Morata
Zaxira futbolchilari: Dani Olmo, Isko, Luis Alberto, Adama Traore.
Ispaniya terma jamoasida mashhur futbolchilar etarlicha topiladi. Shunday bo'lsada, ular orasida super yulduzlar yo'q. Shunday bo'lsada, Ansu Fati va Ferran Torres bu kamchilikni to'ldirishi mumkin. Agar ular o'sishdan to'xtab qolishmasa, Ispaniya yana Evropaning eng kuchli jamoasiga aylanishi mumkin.
8-o'rin. Italiya
Asosiy tarkib: Lorenso Insine, Federiko Bernardeski, Federiko Keza, Chiro Immobile.
Zaxira futbolchilari: Lorenso Pellegrini, Nikola Dzanyolo, Moyze Kin, Andrea Belotti.
Italiyaliklar ham yaqin o'tmishni tez-tez yodga olishi aniq. Sababi, Del Pero, Totti, Badjo, Inzagi singari hujumchilari aynan terma jamoa safida o'zining eng yaxshi o'yinlarini namoyish etgan. E'tiborlisi shundaki, ayni damdagi jamoa 21 ta o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Bunda nafaqat himoya, balki hujumning ham ta'siri katta. Italiyaning Ispaniyadan farqi shundaki, ular jamoaviy o'yin borasida biroz kuchliroq.
7-o'rin. Braziliya
Asosiy tarkib: Braziliya: Koutinyo, Neymar, Gabriel Jezus, Roberto Firmino.
Zaxira futbolchilari: David Neres, Rodrigo, Vinitsius, Risharlison.
Braziliyaning yangi asr boshidagi hujum chizig'i yodingizdami? Ronaldo, Kaka, Ronaldino, Rivaldolarning maydonda ko'rsatgan «mo''jiza»lari hali-hamon muxlislarning xotirasida abadiy qoladi. To'g'ri, Braziliya jamoasining ayni damdagi hujum chizig'i vakillari ham kuchli, ammo ular bir musht bo'lib tugilmaydi. Ularning barchasi o'zgacha. Shu bois, ba'zan ularni bir joyda jamlash muammo tug'diradi.
6-o'rin. Germaniya
Asosisy tarkib: Kay Xavers, Serj Gnabri, Leroy Sane, Timo Verner.
Zaxira futbolchilari: Yulian Brandt, Marko Roys, Tomas Myuller, Luka Valdshmidt.
Nemis mashinasining hujum chizig'i o'zgacha. Bu erda, tezlik, shiddat, texnika va to'purarlik uyg'un. Barchasi iqtidorli futbolchilar, ammo hozircha ularda etakchi yo'q. Lyov yangilangan jamoaga Myuller va Royslarni jalb etmayapti. Balki, ular yoshlarga etakchilik qilarmidi?!
5-o'rin. Belgiya
Asosiy tarkib: Kevin De Bryuyne, Eden Azar, Dris Mertens, Romelu Lukaku.
Zaxira futbolchilari: Yannik Ferreyra-Karrasko, Torgan Azar, Jeremi Doku, Mishi Batshuayi.
Belgiya terma jamoasining nafaqat hujumi, balki butun tarkibi yulduzlar bilan to'lib toshgan. Shunday bo'lsada, hujum chizig'ida murabbiy sinovdan o'tgan yigitlarga ishonch bildirmoqda. Belgiya termasining oldingi chizig'ida tanlov juda ko'p. Shu bois, murabbiy katta musobaqaga qadar o'zi uchun ideal futbolchilarni yig'ib olishi mumkin.
4-o'rin. Argentina
Asosiy tarkib: Anxel Di Mariya, Lionel Messi, Paulo Dibala, Lautaro Martines.
Zaxira futbolchilari: Lukas Okampos, Anxel Korrea, Serxio Aguero, Mauro Ikardi.
Argentinada hech qachon hujum chizig'idagi yigitlar bilan muammo bo'lmagan. Ulardan kuchsizroq darvozabon, o'rtamiyona himoya bo'lishi mumkin, ammo hujum borasida hech qachon muammolar bo'lmagan. Ikardi va Aguerolarga joy topilmagan jamoa birinchi o'ringa loyiq, ammo asosiy tarkibdagi yigitlarning yoshi 30 dan oshib ketdi. Shu vajdan ularni 4-o'ringa joylashtirdik.
3-o'rin. Portugaliya
Asosiy tarkib: Brunu Fernandesh, Bernardu Silva, Joau Felish, Krishtianu Ronaldu.
Zaxira futbolchilari: Diogo Jota, Trinkau, Rafael Leau, Andre Silva.
Balki, Leo qolib Krish karerasining so'nggida JCh g'olibligini qo'lga kiritar? G'alati eshitilishi mumkin, biroq ayni damda Santush shogirdlari 2016 yildagidan ancha kuchliroq. Hujum chizig'ida yangi yulduz – Bruno Fernandeshning borligi imkoniyatlarni oshirmoqda. Shuningdek, g'alabaga o'ch va so'nggi so'zini hali aytmagan Ronaldu ko'p narsani hal etishga qodir.
2-o'rin. Frantsiya
Asosiy tarkib: Kilian Mbappe, Antuan Grizmann, Kingsli Koman, Antoni Marsyal.
Zaxira futbolchilari: Usman Dembele, Aleksandr Lyakazett, Markus Tyuram, Olive Jiru.
Aslida Frantsiya va Angliyaning bugungi kundagi hujum chizig'i bir xil kuchga ega, biroq inglizlarda tanlov bir muncha ko'proq. Boz ustiga, Marsyal va Girzmannlar hozir o'zining eng kuchli formasida emas. Frantsuzlarning oldingi chizig'idagi kuchi Mbappe bo'lib turibdi.
1-o'rin. Angliya
Asosiy tarkib: Markus Reshford, Djeydon Sancho, Raxim Sterling, Xarri Keyn.
Zaxira futbolchilari: Dele Alli, Djeyms Meddison, Djek Grilish, Dominik Kalvert-Lyuin
Ayni damda, Garri Sautgeytda naqd to'rtta teng kuchli tarkib mavjud. Ayni damda, ingliz futbolida ajoyib avlod etishib chiqmoqda. Ayniqsa, hujum chizig'idagi yoshlardan umid katta. Yuqorida nomi zikr qilinmagan Maunt, Grinvud, Foden va Vardilardan tashqari yana 10 hujumchi sanab berishimiz mumkin. Umuman olganda, ingliz futboli ayni damda o'zining eng gullagan davrini boshidan o'tkazmoqda. Balki, ular kutgan uzoq yillik sovrin yaqinlashib qolgandir?! Agar murabbiy bu avlod bilan hech bo'lmasa Evropa chempionligini qo'lga kirita olishmasa, kelajak avlod muxlislari uni kechirmasligi aniq.