«PSJ» klubi «Real» himoyachisi Serxio Ramosni qo'lga kiritish payiga tushdi.
"AS" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, parijliklar 34 yoshli futbolchiga yillik maoshi 16,8 million evroga teng 3 yillik shartnoma taklif qilmoqchi. Bundan tashqari, «Pari Sen-Jermen» shartnoma imzolangani uchun bonus ham qo'shib bermoqchi. Natijada Serxio Parijdagi 3 yillik faoliyati davomida 50 million evrodan ortiq daromad ishlab topish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Ramosning «qaymoqranglilar» bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan. Ammo u hali klub bilan shartnomani uzatyirmadi. Shuning uchun futbolchi 1 yanvar sanasidan boshlab boshqa klublar bilan muzokara boshlash huquqiga ega.