Madridning «Real» klubi futbolchisi Eden Azarning COVID-19 uchun qayta topshirgan test natijasi ham ijobiy chiqdi. Bu haqda Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines xabar bermoqda.
Shu tariqa, Azar Millatlar Ligasining 5-tur doirasida bo'lib o'tadigan Belgiya hamda Angliya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.
Azarning birinchi test natijasi 7 noyabr kuni ijobiy chiqqandi. Shu sababli u «Real»ning «Valensiya»ga qarshi o'yinini o'tkazib yuborgandi. Millatlar Ligasi doirasida Azar yana koronavirus uchun test topshirdi va bu safar ham ijobiy chiqdi.