Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos kelasi yilning yozida Turinning "Yuventus" klubiga o'tishi mumkin, deya xabar tarqatmoqda La Cuatro.
34 yoshli iispaniyalik himoyachining "Real" klubi bilan tuzilgan shartnomasi kelasi yilning yozida o'z yakuniga etadi va Ispaniya terma jamoasi sardori erkin agentga aylanadi.
Manbaning yozishiga qaraganda, Ramosni "Yuventus"ga ko'chib o'tishida Ronalduning xizmati beqiyos bo'lishi mumkin.
Shuningdek, Ramosga Frantsiyaning PSJ klubi ham qiziqish bildirmoqda.