«Manchester Siti» klub o'z tarkibini Ispaniya chempionatida o'ynayotgan ikki futbolchi bilan kuchaytirishni mo'ljallamoqda.
"ESPN Argentina" tarqatgan xabarga ko'ra, «shaharliklar» «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «Real» himoyachisi Serxio Ramosga taklif tayyorlamoqda.
Har ikki futbolchining o'z klublari bilan shartnomasi joriy mavsum so'ngida yakuniga etadi. Manchesterliklar 1 yanvardan boshlab Messi bilan muzokara boshlash huquqiga ega bo'lishadi.
Avvalroq Ramosga «PSJ» klubi ko'z tikayotgani haqida ma'lumot berilgan edi. Messi esa o'tgan yilning yozida «Barsa»dan ketishni istagandi va unga «Siti» da'vogarlik qilgandi.