«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 31 iyul kuni Ispaniya sudida ko'rsatma berdi.
32 yoshli futbolchi soliqlar bo'yicha hech narsani tushunmasligini, bu boradagi ishlarning barchasini maslahatchilariga topshirganini aytdi.
"2014 yilda men barcha soliqlarni to'ladim. Men soliqlar bo'yicha hech narsani tushunmayman. Maktabda 6-sinfgacha o'qiganman. Men faqat futbol o'ynashni bilaman. Shu tufayli ishlarimni maslahatchilarimga yuklaganman. Ularga yaxshi maosh to'layman. Agar ular hamma ish joyida ekanini aytsa, ularga ishonaman. Maslahatchilarim o'z ishini yaxshi bajarmoqda» - dedi Ronaldu Marca xabarida.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya prokuraturasi futbolchini 14,7 mln evro miqdoridagi soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblamoqda.