Barcha musobaqalardagi ko'rsatkichlar bo'yicha unda peshqadam sifatida “Barselona” (3465 ochko) ko'rsatildi. Kataloniyalik "Real" (3347) va "Atletiko"ni (2149) ortda qoldirdi.
“Barsa” – La Liga va Ispaniya Kubogidagi ishtiroki bo'yicha eng yaxshisi deb topildi, madridliklar esa CHempionlar Ligasida.
Keyingi o'rinlardan "Valensiya" (2139), "Sevilya" (1999), "Vilyarreal" (1648), "Atletik" (1405), "Deportivo" (1395), "Selta" (1164), "Espanol" (1144), "Betis" (1137), "Real Sosedad" (1108), "Malaga" (1035), "Xetafe" (1028) va "Malorka" (1009) joy oldi.
Ro'yxatni tuzishda jamoalarning 2000/01 – 2019/20 yilgi mavsumlardagi ishtiroki hisobga olindi hamda Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federaciyasi (IFFHS) mezonlari asosida tahlil qilindi. Asosiy urg'u sovrinlarga emas, balki xalaba qozonilgan o'yinlar soniga qaratildi: turli musobaqalardagi g'alabalar uchun 9 ochko, durangga esa 3 ochko yozildi.