"Galaktikos" yarim himoyachining sotuvidan 20 million evro ishlab olmoqchi. Bosh davogar "Everton" hisoblanadi. Futbolchiga shaxsan mersisaydliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qiziqmoqda.
Eslatib o'tamiz, Iskoning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Yarim himoyachi joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushdi.