"Real" etakchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya soliq qonunlarini buzmaganligini aytdi.
"2014 yilda men soliqlarni to'laganman. Ammo bu borada ko'p narsani tushunmayman. Shuning uchun ham maslahatchilarim bor. Ular esa hech qanday muammo yo'q deb aytmoqda. Men ularga ishonaman.
Men eng yaxshi maslahatchilar xizmatidan foydalanaman, ularga ko'p pul to'layman. Ular esa o'z ishini puxta bajaradi.
Jorje Mendesh ham o'z ishining ustasi. U futbolchilarga eng yaxshi shartnomalarni tuzishda yordamlashadi. Bundan tashqari, u farzandlarimni ham cho'qintirgan otasidir. Unga hammadan ko'p ishonaman" - dedi Ronaldu A Bola xabarida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Ispaniya prokuraturasi uni 14,7 mln evro miqdoridagi soliqlarni yashirganlikda ayblagan edi.