«Real» sardori Serxio Ramos joriy mavsum so'ngida jamoani tark etishi mumkin.
"Football Italia" tarqatgan xabarga ko'ra, 34 yoshli futbolchining "Qirollik klubi"ni tark etish ehtimoli 80 foizga teng.
2021 yilning yozida uning "Real" bilan shartnomasi yakuniga etadi va "Santyago Bernabeu"ni erkin agent sifatida tark etadi. Chunki, tomonlar yangi shartnoma borasida kelisha olishmayapti.
"Qaymoqranglilar" o'yinchiga hozirgiga nisbatan 20 foiz kamroq maosh bilan ikki yillik taklif qilyapti. Futbolchi esa maoshining hozirgi miqdorda saqlanib qolgan holda 3 yillik shartnoma istamoqda.
Ispaniyalik futbolchi bilan bog'liq vaziyatni «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «PSJ» va «Yuventus» klublari kuzatib borishmoqda.