Parij jamoasini qabul qilib olgan arab shayxlari tarkibning bugungi ko'rinishidan qoniqish hosil qilishmayapti.
Ular ikkinchi «Galaktikos»ni tuzish niyatidalar. Bu yo'ldagi birinchi nishon esa «Real» sardori Serxio Ramos bo'lib turibdi.
Madrdliklar ispaniyalik himoyachiga ikki yilllik shartnoma taklif qilishgan. Lekin futbolchi bu borada hali aniq javob aytganicha yo'q. Parijliklar esa bundayin vaziyatdan unumli foydalanib qolish niyatidalar. Ular Ramosga o'zi xohlagan barcha shartni bajarishga hozircha rozi.
Asosiy masala esa qishki transferlar oynasida hal bo'lishi kutilyapti.
Ayni damda ispaniyalik futbolchi La Liganing 8 o'yinida maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishgan.