Avstriyalik futbolchiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar Alaba uchun qishki transferlar oynasida katta pul to'lashga tayyor bo'lgan yagona klubdir.
Davidning o'zi esa mavsumni "Bavariya"da yakunlab, keyin Ispaniya chempionatiga, aniqrog'i "Barselona" yoki "Real" sharafini himoya qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Alabaning Myunxen klubi bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsumning so'nggida yakuniga etadi, tomonlar anchadan buyon yangi bitim borasida kelisha olishmayapti.
28 yoshli himoyachi 2010 yilning iyulidan beri "Bavariya"da o'ynaydi.