20 yoshli vengriyalik futbolchini Madridning "Real" klubi o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. Ispan grandi rahbariyati o'yinchi uchun 25 million evro to'lashga tayyor.
Soboslaining Avstriya klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Dominik "Real" sotishni xohlayotgan Iskoning o'rnini egallashi mumkin. Soboslaiga oldinroq "Liverpul" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.