Ispaniyaning "Marca" gazetasi La liganing joriy mavsumida ishonchni oqlamayotgan futbolchilar reytingini aniqlash maqsadida o'z o'quvchilari o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi.
Unda birinchi o'rinni «Barselona» hujumchisi Antuan Grizmann egalladi. So'rovnomada ishtirok etganlarning 33 foizi frantsiyalik futbolchiga ovoz berishdi. Grizmann 7ta o'yinda maydonga tushib, faqat bitta gol urdi.
So'rovnomada ikkinchi pog'onani «Real» yarim himoyachisi Eden Azar egalladi (31%). Belgiyalik futbolchi mavsumning dastlabki qismini jarohat tufayli o'tkazib yuborgan bo'lsa, keyinchalik koronavirusga chalinib qoldi.
Reytingda uchinchi o'rinni "Qirollik klubi" yarim himoyachisi Isko egalladi. Zidan joriy mavsumda ispaniyalik futbolchiga juda kam o'yin amaliyotini bermoqda.