«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini «Real»da davom ettirishi mumkin. Futbolchi parijliklar bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Bu haqda Eurosport xabar tarqatdi.
Avvalroq «PSJ» sport direktori Leonardo jamoa Neymar, Di Mariya va Mbappe bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib borayotgani haqida xabar tarqatgan edi.
Frantsiyalik futbolchi kelasi mavsumda "PSJ" safida qolmoqchi emas. «Real» prezidenti Florentino Peres bundan xabardor va uning o'zi Kilian bilan gaplashmoqchi.
Kiliana Mbappening "Pari Sen-Jermen" bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi. «Real» esa 2021 yilning yozida uni arzonroq narxga xarid qilmoqchi.