11 oktyabr kuni Amsterdamda Niderlandiya va Ispaniya terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tdi va unda 1:1 hisobi qayd etildi.
"Qizil furiya" himoyachisi Serxio Ramos uchun mazkur uchrashuv terma jamoa safidagi 176-bahs bo'ldi. Bu orqali "Real" sardori evropaliklar o'rtasida terma jamoa safidagi o'yinlar soni bo'yicha Janluidji Buffonga tegishli rekordni takrorladi.
Bu borada jahon rekordi Ahmad Hassanga tegishli bo'lib, u Misr terma jamoasi safida 1995-2012 yillar oralig'ida 184ta o'yin o'tkazgan.