«Real»dan ijaraga olingan «Milan» yarim himoyachisi Brahim Dias ikkita klubdagi o'zining ahvolini taqqosladi.
«Menga «Milan»ga yoqadi. «Real»da yaxshi edi, ajoyib jamoadoshlar, lekin endi o'z o'yinimni namoyish eta olyapman. Tabiiyki, bu menga ma'qul kelmoqda. Chunki men futbolni yaxshi ko'raman va futbol uchun yashayman. "Real"ni tark etganlar aynan shu maqsadda klubdan ketishgan edi.
Zidan yildan yilga qanday murabbiy ekanini ko'rsatmoqda. U sovrin yutishdan to'xtamayapti. U murabbiy, inson va o'yinchi sifatida hamisha o'z maqsadiga erishib kelgan», – dedi Dias.