"Real" hujumchisi Luka Yovich Serbiyada qamoq jazosidan qutulib qoldi. Bu haqda jurnalist Melchor Ruis Twitter orqali xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, futbolchi prokuratura bilan kelishuvga erishdi va 30 ming evro miqdorida jarima to'laydigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, "Qirollik klubi" forvardi mart oyida Ispaniyadan Cherbiyaga qaytganida karantin qoidasini buzgan edi. Ushbu qoidabuzarlik uchun prokuratura dastlab 6 oylik qamoq jazosini talab qilgan edi.
22 yoshli Yovich joriy mavsumda "Real" safida barcha musobaqalar doirasida 5ta o'yinda maydonga tushib, hal gol muallifiga aylanmadi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilga qadar tuzilgan.