Ommabop Goal nashri 2020 yilning eng yaxshi 50 nafar futbolchilari reytingini tuzib chiqdi. Erkaklar va ayollar uchun alohida tuzilgan reytingdan 25 nafardan o'yinchi o'rin oldi.
Erkaklar ro'yxatida birinchi o'rinni "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski egalladi. Ikkinchi o'rinni «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin De Breyne egallagan bo'lsa, Lionel Messi kuchli uchlikka kirdi.
Neymar, Krishtianu Ronaldu va Kilian Mbappe mos ravishda 4, 5 va 6-pog'onalarni band etishdi.
2020 yilning eng yaxshi futbolchilari reytingi quyidagicha ko'rinishda bo'ldi:
#1. Robert Levandovski (Polsha, «Bavariya»);
#2. Kevin De Breyne (Belgiya, «Manchester Siti»);
#3. Lionel Messi (Argentina, «Barselona»);
#4. Neymar (Braziliya, «PSJ»);
#5. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, «Yuventus»);
#6. Kilian Mbappe (Frantsiya, «PSJ»);
#7. Virjil van Deyk (Niderlandii, «Liverpul»);
#8. Karim Benzema (Frantsiya, «Real»);
#9. Tomas Myuller (Germaniya, «Bavariya»);
#10. Sadio Mane (Senegal, «Liverpul»);
#11. Yozua Kimmix (Germaniya, «Bavariya»);
#12. Tyago Alkantara (Ispaniya, «Liverpul»/«Bavariya»);
#13. Serxio Ramos (Ispaniya, «Real»);
#14. Trent Aleksander-Arnold (Angliya, «Liverpul»);
#15. Romelu Lukaku (Belgiya, «Inter»);
#16. Serj Gnabri (Germaniya, «Bavariya»);
#17. Erling Xoland (Norvegiya, «Borussiya» Dortmund);
#18. Muhammad Saloh (Misr, «Liverpul»);
#19. Chiro Immobile (Italiya, «Latsio»);
#20. Alfonso Devis (Kanada, «Bavariya»);
#21. Manuel Noyer (Germaniya, «Bavariya»);
#22. Bruno Fernandesh (Portugaliya, «Manchester Yunayted»);
#23. Jordan Xenderson (Angliya, «Liverpul»);
#24. Jeydon Sancho (Angliya, «Borussiya» Dortmund);
#25. Paulo Dibala (Argentina, «Yuventus»);