Madridning «Real» klubining ayrim futbolchilari jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanning La Liga doirasida "Valensiya" klubiga qarshi tanlangan tarkibmdan hayron bo'lishdi, deya xabar bermoqda Marca nashri.
Himoyachi Ferlan Mendi va yarim himoyachi Toni Krooslar asosiy tarkibdan joy olmagani futbolchilarni hayron qoldirgan, chunki ularning o'rniga Marselo va Iskolar asosiy tarkibda o'yinni boshlashgan. Kroos uchrashuvning 76-daqiqasida zahiradan maydonga tushgan, Mendi esa umuman maydonga tushirilmagan.
Shunday bo'lsada, «Real» futbolchilari baribir Zidanning qarorlarini hurmat qiladi, ammo, uning kechagi tanlagan tarkibi futbolchilarda shubha uyg'otdi.